Shahobiddin Zoirov gruziyalik raqibini 1 raundda ringga qulatdi

  • 19.05.2019 00:21
  • 1
  • Boks

Unda ikki nafar bokschimiz professional boksdagi navbatdagi janglarini o‘tkazishdi. Jumladan, bundan biroz oldin Xurshid Tojiboev o‘zining profi boksdagi ikkinchi jangida gruziyalik Irakli Shariashvilini ochkolar hisobi bo‘yicha enggani borasida xabar bergan edik.

Hozirgina Rio olimpiadasi g‘olibi - Shahobiddin Zoirov ishtirokidagi jang ham yakunlandi. Zoirov o‘zining profi boksdagi ikkinchi jangini gruziyalik Mishiko Shubitidze (12-13-3, 5KO)ga qarshi o‘tkazdi.

Unda hamyurtimiz  jangning ilk raundidayoq raqibni nokautga uchratish orqali o‘z hisobiga ikkinchi g‘alabani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dilrux
19/05/2019 16:21
Tabrik