Shahobiddin Zoirov hindistonlik bokschiga hech qanday imkon qoldirmadi (video)

  • 22.09.2019 09:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Kecha Ekaterinburgda o‘tayotgan jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahobiddin Zoirov hal qiluvchi jangda hindistonlik Amitga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs yakunida hakamlar bir ovozdan bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.

Shu tariqa, Rio olimpiadasida g‘olib chiqqan Zoirov jahon birinchiligida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Quyida ushbu jangni yana bir bor tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!