Shahram G‘iyosovning keyingi raqibi ma’lum

  • 20.11.2024 14:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

WBA tashkiloti hamyurtimiz Shahram G‘iyosov va litvalik Eimantas Stanionis jamoalariga jang uchun kelishib olishlariga buyruq bergandi.

Hozirgina ikki tomon ham kelishib oldi va bahsni rasman tasdiqlash uchun hujjatlar boks qo‘mitasiga yuborildi. Tez kunlarda jang rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangida Migel Parrani ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!