"Shalke" kechagi sharmandalikdan so‘ng muxlislarining ko‘nglini olish yo‘lini topdi

  • 13.03.2019 18:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha EChL 1/8 final javob bahsida "Manchester Siti"ga 7:0 hisobida engilgan "Shalke" klubi o‘z liboslarini arzonlashtirilgan narxlarda sotishni boshladi. Bu haqda Westfaelischer Anzeiger nashri xabar bermoqda.

E’tiborlisi, endi “Shalke” liboslarini klubning rasmiy do‘konlaridan 85 evroga emas, balki, bor yo‘g‘i 19,04 evroga xarid qilish mumkin. Gelzenkirxenliklar shu orqali klubning tashkil topgan yili, ya’ni 1904 yilga ishora qilishgan.

Klub rahbariyati aynan shu yo‘l bilan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan ranjigan muxlislarning ko‘nglini olishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Shalke” kechagi o‘yindan so‘ng Chempionlar ligasida eng yirik hisobda yutqazgan nemis klubiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!