Sham yorug‘ida sensatsiya: 8 yoshli shaxmatchi top grossmeysterni yengdi

  • 03.05.2026 00:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hindistondan ilhomlantiruvchi voqea: Sivakasi shahrida kuchli yomg‘ir va shamol tufayli elektr uzilib qolgan bir paytda, 8 yoshli Tamidj Amudhan sham yorug‘ida, noutbukini tizzasiga qo‘ygan holda shaxmat o‘ynadi. Uning raqibi jahon reytingida 7-o‘rinda turadigan Vinsent Keymer edi. Va Tamidj uni Freestyle Friday onlayn turnirida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi!

Uning otasi Satish Arumugam shunday dedi:

“Juda kuchli yomg‘ir va shamol bo‘ldi. U mashg‘ulotdan soat 18:30 atrofida, butunlay ho‘l holda qaytdi. O‘zini tartibga keltirib, elektr va internet muammolariga qaramasdan o‘ynashni talab qildi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tamidj avval ham ikki nafar grossmeysterni mag‘lub etgan, ammo Keymer ustidan qozonilgan g‘alaba alohida ahamiyatga ega. Turnirda ishtirok bepul bo‘lgan, sovrin jamg‘armasi esa taxminan 1000 dollarni tashkil etgan. U bor-yo‘g‘i to‘rtta turda o‘ynashga ulgurgi, shundan ikkitasida g‘alaba qozondi, shundan keyin noutbuki o‘chib qoldi.

Otasing aytishicha, Tamidj avval ham onlayn turnirlarda qatnashib kelgan, ammo unda rasmiy unvon bo‘lmagani sababli kuchli raqiblar bilan kam to‘qnash kelardi. U 2026 yil fevral oyida CM (Candidate Master) unvonini olgach, yuqori reytingli shaxmatchilarga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Hozirda Tamidj o‘z yosh toifasida jahon reytingida top-4 talikka kiradi. Shuningdek, u Athens of the East turnirida 9 partiyadan 8,5 ochko to‘plab, Maruti Suzuki avtomobilini yutgan. Bundan tashqari, joriy yil boshida Tamilnadu sport jurnalistlari assotsiatsiyasidan 500 dollar miqdorida stipendiya ham olgan.

Qiziq, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Vinsent Keymer turnirni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!