
"Shapekoense" futbolchilari "Barselona"ga qarshi uchrashuvda 71ta yulduz tushirilgan libosda o‘ynashadi
O‘tgan yili aviaxalokatga uchragan Braziliyaning “Shapekoense” klubi 7 avgust kuni “Kamp-Nou”da “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida o‘sha mash’um kun Kolumbiya osmonida halok bo‘lgan 71 inson xotirasi uchun 71ta yulduz tushirilgan libosda maydonga tushadi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 29 noyabr kuni bortida “Shapekoense” klubi futbolchilari bo‘lgan samalyot Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida aviaxalokatga uchragan edi. Natijada havo laynerida bo‘lgan 77ta yo‘lovchining atigi 6tasi tirik qolgan edi holos.
E’tiborlisi, tirik qolgan 3 nafar futbolchidan biri Alan Russhel 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Barselona”ga qarshi bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar