Sharabutdin Magomedov: "Ayni paytda Drikus dyu Plessini faqatgina bitta jangchi enga oladi"
Rossiyalik UFC jangchisi Sharabutdin Magomedov o‘rta vaznning amaldagi chempioni Drikus dyu Plessi haqida gapirdi.
"Dyu Plessi kamarga qanday erishganini tushunmayapman. U har safar jang qilganda men doim raqibi g‘alaba qozonadi, deb o‘ylaganman. Lekin u har doim nimadir qilib g‘alabaga erishadi. Buni aytish ahmoqona bo‘lishi mumkin, biroq Drikus omadli jangchi ko‘rinadi. Menimcha, ayni paytda uni faqatgina Xamzat Chimaevg engishi mumkin” - deya Sharabutdinning so‘zlarini keltirdi "Sport24".
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi oxirgi jangida Shon Striklendni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.



Fikrlar