
Sharhlovchi Moskvaning "Lokomotiv"idan "Tambov"ga o‘tgan Jasur Jaloliddinov haqida gapirdi
Bir necha oy avval, hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor"dan Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Ammo yarim himoyachi mamlakatning boshqa jamoasi "Tambov"da ijara asosida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida Jasur Jaloliddinovning ijaraga berib yuborilishi xususida fikrlarini bayon etdi.
- "Lokomotiv"da o‘yin amaliyotisiz vaqt o‘tkazishdan ko‘ra, "Tambov" klubida tajribani oshirish varianti, albatta, yaxshiroq. Jasur Jaloliddinovga yangi jamoasida omad tilamoqchiman! 18 yosh bu kareraning boshlanishi va o‘zini ko‘rsatishga vaqt etarli. "Tambov" Jasurga 7-raqamni topshirdi. Buyog‘iga faqat mehnat va o‘ziga ishonch talab etiladi.
Ayni vaqtda "Tambov" klubi Rossiya Premer ligasida 13-o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yinini 18 oktyabr kuni "Rotor"ga qarshi o‘tkazadi, - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar
Жасурбекка омадлар ёр бўлсин! Жасур, укам, шундай вундеркиндлани ўйинини қигин-ки, Локомотивдаги соққафурушлар а.....т қилиб қосин ва санга шу ёшингда Бененевентоданмас, Фиорентина, Наполи ёки бошқа Италия клубларидан таклифлар тушсин. Омад яна бир бор укам!