Sharifa Davronova ikki karra Osiyo chempioni

BEPUL PROPAN

Bu yil o‘zbek engil atletikasida porlagan Sharifa Davronova yana bir chempionlikni tantana qildi.

Kuvaytda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida hamyurtimiz o‘zining sevimli uch hatlab sakrash dasturida tengsiz bo‘ldi. Davronovaga bu galgi chempionlikni rasmiylashtirish uchun 13,23 metr etarli bo‘ldi.

Bilamizki, ushbu atletimizning potentsiali aslida bundan ham yuqori. Mazkur dasturda ishtirok etgan boshqa bir vakilamiz Xushnoza Shavkatova esa 12,23 metr bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Sharifa Davronova ushbu Osiyo chempionatida uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash sektorlarini g‘alaba bilan yakunladi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!