
"Sharja" mehmonda mag‘lubiyatga uchradi, Shukurov...
BAA chempionati 19-turidan o‘rin olgan "Al-Nasr" - "Sharja" bahsi o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar safida Otabek Shukurov 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
Uchrashuvdagi gollarga mezbonlar safida Sebastyan Tagliabu (dubl) mualliflik qilgan bo‘lsa, "Sharja"ning yagona goli Saif Rashid nomiga yozildi.
Shu tariqa, mehmonda mag‘lubiyatga uchragan sharjaliklar 37 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi, "Al-Nasr" esa, ochkolari sonini 33 taga etkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar