Shavkat Mirziyoev JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadi

  • 13 iyun, 2018, 17:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadigan davlat rahbarlari nomi ma’lum qilingani xabar berilgandi.

Tecno

Meduza xabariga ko‘ra, ro‘yxatdan asosan MDH va Lotin Amerikasi davlatlari joy olgan. Bundan tashqari, unda ko‘pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinmagan ikki davlat ham bor - Abxaziya va Janubiy Osetiya.

Shuningdek, xabarda O‘zbekiston nomi ham keltirilgan. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoev JCh-2018 ochilish marosimiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu borada davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan hozircha rasmiy xabar berilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!