Shavkat Rahmonov farzandlaridan voz kechdimi?

  • 21.03.2026 10:37
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning rafiqasi Gulayim Rahmonova ijtimoiy tarmoqlarda ajrashayotganini ma’lum qildi.

"Ayrilgandan keyin farzand faqat onasiga kerak, deganlari to‘g‘ri ekan. Bugun Shavkat bolalaridan voz kechdi... Bunday mehribon ota bir kun kelib: "Bolalarni boshqa olib kelma!" deb aytishini kutmagandim.

Ha, to‘rt farzandli bo‘ldim, beshinchisini ham kutyapman. Nima desam ekan... Bolalar otaga kerak emas ekan, demak, bolalarga ham ota kerak emas! Alloh bolalarni ulg‘aytirish va boqish uchun kuch bersin", - deb yozdi Gulayim.

Jangchining o‘zi mazkur vaziyatga hozircha izoh bermadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!