Shavkat Rahmonovni to‘xtata olishmadi

  • 08.12.2024 10:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

AQSh ning Las-Vegas shahrida "UFC 310" turniri davom etmoqda.

Musobaqaning "co-main event" jangida Qozog‘iston vakili Shavkat Rahmonov shimoliy irlandiyalik Ian Garriga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bahs kutilganidek muddatdan avval yakunlanmadi. Rahmonov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni super engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aleksandr Pantoja va yaponiyalik Kay Asakura to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!