Asosiy mazmunga oʻtish

Shavkat Rahmonovning keyingi jangi qachon?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Murabbiy Eduard Bazrov shogirdi haqida ba’zi gaplarni ochiqladi.

Yarim o‘rta vazn toifasidagi UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning murabbiyi Eduard Bazrov qozog‘istonlik shogirdi haqida gapirdi.

"Shavkat mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Ayni damda uning sog‘lig‘i yaxshi, 100% mashq qila oladi. Biroq, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha uni oktagonda ko‘rmaymiz", - deya Bazrovning so‘zlarini keltirdi "Sport Shredinger".

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Rahmonov "UFC 310" turnirida irlandiyalik Yan Garri ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q