Shaxmat. Bugun Toshkentda "Al-Beruniy" 3-xalqaro turniri start oladi

  • 13.02.2026 12:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Bugun "Al-Beruniy" 3-xalqaro shaxmat turniri boshlanadi. Musobaqa 13-21 fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Turnir "Masters", "Challengers", "Futures" va "Open" guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.

"Masters" guruhi 

1-o‘rin — 9 000 AQSh dollari
2-o‘rin — 7 000 AQSh dollari
3-o‘rin — 5 000 AQSh dollari

"Challengers" guruhi 

1-o‘rin — 5 000 AQSh dollari
2-o‘rin — 3 500 AQSh dollari
3-o‘rin — 2 500 AQSh dollari

"Futures" guruhi 

1-o‘rin — 3 000 AQSh dollari
2-o‘rin — 2 500 AQSh dollari
3-o‘rin — 2 000 AQSh dollari

"Open" guruhi

1-o‘rin — 2 000 AQSh dollari
2-o‘rin — 1 500 AQSh dollari
3-o‘rin — 1 000 AQSh dollari

Vaqt nazorati klassik bo‘lib, 9 turda har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.

"Masters", "Challengers", "Futures" guruhlari - aylanma, "Open" guruhi shveytsarcha tizimda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!