Shaxmat: Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi

  • 04.10.2019 14:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat

4-12 oktyabr kunlari O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi tomonidan Toshkentda “Faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati” start oldi. Ushbu turnirda respublikamizning barcha hududidan 48 nafar aql idrok egalari ishtirok etmoqda.

fa

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, kalendar reja bo‘yicha ushbu musobaqa yoz oyida o‘tkazilishi kerak edi. Ammo ko‘pchilik ishtirokchilarning iltimosiga binoan turnir salqin mavsum ya’ni kuz oyiga ko‘chirilgan edi.

fax

Musobaqada elektron soatlardan foydalanilmoqda. 9 turdan iborat bu bahs, 12 oktyabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Sovrindorlar qatorida yana 10 ga yaqin shaxmatchi mukofotlanishi rejalashtirilgan. Musobaqalar Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida o‘tkazilmoqda.

faxx

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!