Shaxmat Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Qozog‘iston ayollar terma jamoasiga davlat mukofoti berilmaydi
Olimpiadaning kumush medali sohibi Alua Nurmanning ma’lum qilishicha, musobaqa davlat mukofotlari to‘lanadigan xalqaro turnirlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
2026 yilgi Shaxmat Olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egallagan Qozog‘iston ayollar terma jamoasi davlat mukofotidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Olmaota shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Oliy sport mahorati maktabi vakillari jamoaga ushbu natija uchun davlat tomonidan pullik mukofot berilmasligini ma’lum qilgan.
"Jahon shaxmat Olimpiadasi dunyoning yetakchi shaxmat mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etadigan va shaxmatchilar uchun asosiy jamoaviy musobaqa hisoblanadi. Nega u davlat mukofotlari beriladigan musobaqalar ro‘yxatiga kiritilmagan?» — deya savol qo‘ydi Nurman.
Shuningdek, shaxmatchi Olimpiadani tegishli davlat musobaqalari ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Fikrlar