Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Shaxmat. Vladimir Putin Donald Trampga qarshi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Rossiya hamda AQSh prezidentlari o‘rtasida shaxmat o‘yinini tashkil etish haqida gapirdi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich Rossiya hamda AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida shaxmat o‘yinini tashkil etish haqida gapirdi.

"Ma’lumki, prezidentlar xalqaro siyosat va iqtisodiyotning strategik hamda amaliy masalalari bilan shug‘ullanadi. Biroq ba’zan o‘zaro shaxmat o‘ynashsa ham yomon bo‘lmasdi. Faqat bu o‘yin siyosiy tahlil qilinmasligi kerak. Shaxmat barchani birlashtirishi lozim” - deya Dvorkovichning so‘zlarini keltirdi "Match TV".

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Vladimir Putin va Donald Tramp rossiyalik va amerikalik xokkeychilar o‘rtasida bahs tashkil etish g‘oyasini ilgari surgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q