Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat. Yoshlarimiz – Osiyoning shaxmat maydonida!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Musobaqada O‘zbekiston nomidan 84 nafar sportchi ishtirok etishmoqda

Joriy yilning, 20–29 aprel kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida shaxmat bo‘yicha 8 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Chempionat 6 ta yosh toifasida 12 guruhga bo‘lingan holda, standart, rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilmoqda. Unda G‘arbiy Osiyo mamlakatlari tarkibiga kiruvchi 14 davlatdan 400 nafardan ortiq sportchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Musobaqada O‘zbekiston nomidan 84 nafar sportchi ishtirok etishmoqda. Ulardan 12 nafari – asosiy tarkib vakillari hisoblanadi.

Ushbu sportchilar – Jizzax va Buxoro viloyatlarida o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni egallagan iqtidorli yoshlar sanaladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q