Shahzod Azmiddinov "Andijon" bilan xayrlashdi
"Paxtakor" futbolchisi bo‘lgan Shaxzod Azmiddinov "Andijon" safida yarim yil ijara asosida to‘p tepdi. Bugun himoyachi o‘zining Instagram sahifasi orqali "burgutlar" bilan xayrlashganini e’lon qildi.
"Andijon"ga ushbu 6 oy uchun rahmat. Bu vaqt men uchun muhim tajriba va yangi bosqich bo‘ldi. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoaga ishonch, qo‘llab-quvvatlash va maydondagi kurash uchun minnatdorman. Muxlislarga alohida rahmat — har doim yonimda bo‘lganingiz uchun. Shartnoma yakunlandi, lekin bu davr xotiramda qoladi. Endi oldinga — yangi maqsadlar bilan. Yana ko‘rishguncha" — deb yozdi Azmiddinov.
Ma’lumot uchun, Shaxzod "Andijon" tarkibida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar