Shaxzod Uzoqov (Gold) qamoqdan ozod etildi!
O‘zbekistonlik aralash yakkurash ustasi Shaxzod Uzoqov ozodlikka chiqdi. Bu haqda jangchining o‘zi shaxsiy Instagram sahifasida ma’lum qildi.
"Har bir muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashini eshitdim, ko‘rdim va his qildim. Buning uchun sizlarga chin yurakdan rahmat aytaman. Siz aziz muxlislar bilan, Inshaalloh, O‘zbekiston bayrog‘ini va O‘zbekiston nomi eshitilganda raqiblarimizni titraydigan qilamiz", — dedi Shaxzod.
Ma’lumot uchun, bir necha oy avval Gold Tailand davlatidan yurtimizga qaytib kelgach, qamoqqa olingan edi.
Fikrlar