Shayxlar “Barsa”ning to‘rt futbolchisini olib ketadi

  • 23 aprel, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining qudratli klublari yozgi transferlar vaqtida Evropa yulduzlaridan bir guruhini o‘z ligalariga olib ketishni mo‘ljallamoqda.

Sport.es saytining yozishicha, shayxlar nishoniga “Barselona”ning to‘rt nafar mashhur o‘yinchisi ham tushgan.

Manbaga ko‘ra, “An-Nasr”, “Al-Hilol” hamda “Al-Ittihod” klublari mutasaddilari bo‘lajak transferlarni muhokama qilish maqsadida “Basrelona” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ta’kidlananishicha, “Al-Hilol” joriy mavsum kataloniyaliklar etakchisiga aylangan braziliyalik legioner Rafinyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda Rafinya klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazyapti. Lekin tomonlar maosh miqdori va bitim muddati bo‘yicha kelisha olmayapti.

“Al-Ittihod” klubivakillari niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yong xizmatiga qiziqayotganini bildirgan.  “Barsa”da eng katta maosh olayotgan o‘yinchi yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Nihoyat, Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi “An-Nasr” klubi o‘z safiga kataloniyaliklarning tajribali himoyachilari – Jyul Kunde va Ronald Arauxoni qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!