Shayxlar olaveradi! "Chelsi" o‘z yulduziga juda katta narx qo‘ydi
«Chelsi» klubi hujumchi Pedru Netu uchun transfer narxini belgiladi. Portugaliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
GiveMeSport nashri xabariga ko‘ra, «Al-Hilol» 26 yoshli Netuni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. London klubi ham hujumchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo hozircha na «Al-Hilol», na boshqa jamoalardan rasmiy taklif kelmagan.
Manbalarga ko‘ra, «Chelsi» Pedru Netuni 117 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Pedru Netu barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 52 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida raqib darvozasini 10 marta ishg‘ol qildi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar