Shayxlar tahdid qildi: “Siti” jazolansa, Britaniya sarmoyasiz qoladi
Birlashgan Arab Amirliklari «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jazolangan taqdirda, Buyuk Britaniya hukumatiga mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan investitsiyalarni jiddiy ravishda qisqartirish mumkinligini bildirdi.
Bundan avval «Siti» Premer-liganing mustaqil komissiyasi chiqarilgan ayblov xulosasi yuzasidan apellyatsiya bergani ma'lum bo‘lgan edi.
Bundan atigi bir necha hafta oldin «Siti» prezidenti Haldun Al-Muborak Dauning-stritga tashrif buyurib, tadbirkorlik, innovatsiyalar, fan va savdo vaziri Jonatan Reynolds bilan uchrashgan.
Al-Muborak BAAning Britaniya iqtisodiyotiga kiritayotgan joriy va kelgusidagi investitsiyalarini muhokama qilish uchun kelgan. «Siti» bilan bog‘liq masala esa bu jarayonda muhim o‘rin tutmoqda.
BAA va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar «Siti» bilan bog‘liq vaziyat tufayli ancha keskinlashgan. Britaniya hukumatiga qo‘shma qiymati milliardlab funt sterlingga teng loyihalar taqdiri xavf ostida ekani haqida ogohlantirish berilgan.
Bloomberg xabar berishicha, har ikki tomon ham «Siti» bilan bog‘liq ishning shunchalik katta mojaroga aylanganidan norozi.
Qayd etish joiz, «Siti» shayx Mansur boshchiligidagi xususiy kompaniyaga tegishli. Shayx Mansur Abu-Dabi hukmron oilasi a'zosi va BAA vitse-prezidenti hisoblanadi.

Fikrlar