Shensni eng qiyin raqib sifatida Messini tanladi
"Barselona" darvozaboni Vojcex Shensni faoliyati davomida qarshi o‘ynagan eng qiyin hujumchi sifatida Lionel Messini atadi.
Polyak posbonining ta'kidlashicha, aynan Messi unda eng katta xavotir uyg‘otgan futbolchi bo‘lgan.
"Men duch kelgan eng qiyin hujumchi — Lionel Messi. Balki menga undan ko‘ra ko‘proq gol urgan boshqa hujumchilar ham bo‘lgandir, chunki u menga atigi uchta gol urgan. Ammo men qo‘rqkan yagona futbolchi aynan u edi. U o‘ta xavfli o‘yinchi", — dedi Shensni.
36 yoshli darvozabon 2024 yildan buyon "Barselona" safida harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, biror marta ham darvozasini daxlsiz saqlab qola olmagan.

Fikrlar