Sherzod Jo‘raev: "Bunday o‘yin bilan muxlislarni xursand qila olmaymiz"

  • 25 oktabr, 23:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Navbahor” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Sherzod Jo‘raev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Tomoshabop o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Namangandan ko‘p muxlislar keldi. Ularni xursand qilish maqsadida maydonga tushgandik. Uchrashuv boshlarida qizil kartochka olishimizdan qat’iy nazar hujumkor o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. Hamma yigitlar shunga harakat qildi. Baribir maydonda 10 kishi qolganimiz oxirida ta’sirini qildi. Xatolarimiz tufayli gollar o‘tkazib yubordik.

- Keyingi turda “Navbahor”ni “Nasaf”ga qarshi qiziqarli o‘yin kutyapti. Jamoangizni “Nasaf”dan ochko olishga kuchi etadimi?

- Kelganimizdan beri futbolchilar bilan gaplashib turibmiz. Ularni nimalarga qodirligini va bundan ham kuchliroq futbol ko‘rsata olishlarini ta’kidlab kelyapmiz. Xudo xohlasa, shunga harakat qilamiz. Qolgan uchrashuvlarda ham bor kuchlarini ishga solishadi. Ishqibozlarimizni xursand qilishimiz kerak. Bunday o‘yin bilan xursand qila olmaymiz. Chunki hamma jamoa uchun harakat qilishi lozim. O‘yinni tahlil qilamiz, ko‘rib chiqib, xulosa qilib, bir qarorga kelamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!