Sherzod Nasrullaev: Kimnidir qoralab, yomonotliqqa chiqarishdan foyda yo‘q!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut golini kiritgan Sherzod Nasrullaev bilan suhbat uyushtirdik. "Nasaf" himoyachisi termadagi taassurotarlari va Avstraliyaga qarshi bahs haqida o‘z fikrini bildirdi.
Birinchi gol ta’surotlari qanday? Nimalarni his qildingiz?

"O‘yindan avval Abbos Fayzullaev bilan gaplashib o‘tirgan edik. Gol ursam, huddi shunday nishonlamoqchi ekanligimni aytib, kuldim. O‘zi, o‘ng qanot himoyachisi hujumga chiqqan paytida, chap qanot himoyachisi o‘rnida qolishi talab qilingan edi. Men, tavakkal qildim. Hujumga o‘tayotganimda, orqamdan "Orqaga qayt" - degan ovoz eshitilidi. Terma jamaomga yordamim tekkanidan xursandman. Buyog‘iga ham qo‘limdan kelgancha harakat qilaman.
Birinchi bo‘limdan so‘ng, kutilmaganda zahiraga olindingiz? Buning sababi nima?

- Zahiraga olinganimni asosiy sababi Dubaydagi yig‘inlar chog‘ida belimni shamollatib qo‘yganim. O‘yindan 3 kun avval og‘riq kuchayib, oyoqlarimga ham o‘tdi. Shunga qaramay, o‘zimni yaxshi his qilayotganimni aytdim. Asosiy tarkibda o‘yinni boshladim. Shunga qaramay, tanaffusda og‘riq kuchaygani sababli o‘yinni davom ettira olmasligimni aytdim.

Sizning pozitsiyangizda terma jamoada raqobat qay darajada kuchli?
- Barcha pozitsiyalarda bo‘lgani kabi bu erda ham raqobat kuchli. Kim tayyor bo‘lsa, kim yaxshiroq formada bo‘lsa o‘sha futbolchi o‘ynaydi. Bu oddiy haqiqat.
Terma jamoa futbolchilarining kayfiyati qanday?

- Hozir ancha yaxshi. Bizga mana shunday g‘alaba kerak bo‘layotgan edi. Uni qo‘lga kiritdik. Bu yigitlarga ishonch beradi. Umid qilamanki, aynan shu yuqori kayfiyat bizni musobaqaga oxirgi qadar tark etmaydi.

Avstraliya bn o‘yinga tayyorgarlik boshlandimi?

3-tur o‘yini uchun tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Raqibni o‘yin uslubini o‘rganib, uning zaif nuqtalarini aniqlashga harakat qilyapmiz. Umid qilaman-ki, kerakli xulosalarni chiqarib, Avstraliya bilan bahsda g‘alaba qozonamiz.
So‘nggi so‘z o‘rnida muxlislarga bildirmoqchi bo‘lgan fikringiz bo‘lsa, marhamat!

Shu o‘rinda, muxlislardan bir iltimosim bor edi. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham bizni qo‘llab-quvvatlashsin. Futbolchilarni tinimsiz yomonotliq qilishganidan foyda yo‘q. Yomon desak, yomon bo‘lib ketaveradi. Yigitlarga hozir motivatsiya berish kerak. Biz maydonda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Hech kim maydonga yutqazishni yoki yomon futbol namoyish etishni reja qilib tushmaydi. Harakat qilyapmiz, natijadasi Allohdan. Kimnidir qoralab hech kim foyda topmagan", - dedi Nasrullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abduvali Rustamov
21/01/2024 17:16
Shu bolani O'yini menga Juda yoqdi. Juda tez yuguradi va o'zini maydonda yo'qotib qo'ymaydi. Farrux Sayfiyevdan ancha kuchli Nasrullayev
Искандар Нарзикулов
21/01/2024 17:25
Шерзод рахмат борэкансанку ш ундай давом эт