Sheshko: "Brunu Fernandesh — bu zehn"

  • 25 oktabr, 14:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Benyamin Sheshko jamoadoshi Brunu Fernandesh haqida fikr bildirdi. Sloveniyalik futbolchidan portugaliyalikni bir so‘z bilan tavsiflashni so‘rashganda, u shunday javob berdi:

Tecno

"Zehn. U o‘yinni doim tahlil qiladi, qaerda turishni, qaerga pas berishni aniq biladi. Uni kuzatish juda yoqimli", — dedi 22 yoshli hujumchi.

Sheshko o‘tgan yozda "RB Leyptsig"dan "Yunayted" safiga qo‘shilgan edi. Brunu Fernandesh esa mankuniyanlar safida 2020 yildan buyon harakat qilib kelmoqda.

Bugun soat 21:30'da Ruben Amorim shogirdlari Premer-liga doirasida "Brayton"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!