Shik Evropa chempionatlari tarixidagi eng uzoq masofadan kiritilgan gol muallifiga aylandi (video)

  • 15 iyun, 2021, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi hamda Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shik Evropa chempionati guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga (2:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

Tecno

Shik o‘zining o‘yindagi ikkinchi golini deyarli maydon markazidan kiritdi. Aniqrog‘i, to‘p 44,45 metr uzoqlikdan raqib darvozasiga kirdi.

E’tiborlisi, Patrik shu tariqa qit’a chempionati tarixidagi eng uzoq masofadan kiritilgan gol muallifiga aylandi. Bundan avvalgi rekord 1980 yilgi Evropa chempionatida qayd etilgan.

Chexiya terma jamoasi “Evro-2020” doirasidagi navbatdagi bahsni 18 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!