Shmeyxel: "MYu Xoylundga sabr qilishi kerak edi, endi u "Napoli"da yondiryapti!"

  • 16.10.2025 12:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Piter Shmeyxel Rasmus Xoylundni "Napoli"ga o‘tganidan mamnun emasligi haqida gapirdi.

"Benyamin Sheshkoni sotib olishgani menga biroz g‘alati tuyuldi, chunki jamoada ikki yildan beri qo‘llab-quvvatlanmayotgan Xoylund bor edi. Uning hozirda "Napoli"da Kevin de Bryyune va Skott Maktomineylar bilan birga qanday o‘yinlar ko‘rsatayotganini ko‘rishingiz mumkin. U har o‘yinda gollar urmoqda.

Men ikki yarim yil davomida bu haqida tinimsiz gapirdim. Rasmus 25 ta gol urishi mumkin, lekin unga yordam kerak. MYu uni statistikasi tufayli qo‘yib yubordi, chunki u bu erda kam gol urayotgan edi. Daniyalik hujumchining o‘rniga Benyamin Sheshko sotib olindi. Ular aslida Xoylundga yana imkoniyat berishlari mumkin edi", - dedi daniyalik sobiq posbon.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli forvard "qizil iblislar" safida jami 95 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol kiritgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!