Shox soxta bo‘lib chiqdi yoxud Asensioning maqsadi o‘zgardi

  • 12.07.2022 11:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi va “Real” Madrid vingeri Marko Asensio "qaymoqranglilar" safini tark etishga shoshilmayapti. Insayder Alberto Pereyraning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Markoning madridliklar bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi. OAVda Asensioga Italiya va Angliya chempionatlaridan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Asosiy da’vogarlar: "Milan", "Nyukasl" va "Liverpul" hisoblanadi.

Marko 2015 yilning yozidan buyon "Real" sharafini himoya qilib keladi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 40 million evro etib baholagan.

Yakuniga etgan mavsum Asensio “qirollik klubi”ning Ispaniya chempionati doirasidagi 31 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!