Shohasan Mirzamatov, Odilxon Kamolov, "Saturn" va "Tayson" jang qiladigan turnirning to‘liq kardi ma'lum
Bugun Toshkent vaqti bilan 18:00 da poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida "Octagon 85" turniri start oladi.
Kechaning markaziy to‘qnashuvida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov qozoqistonlik Bog‘dan Pshabeltskiygа qarshi yarim o‘rta vazn chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi. "Co-main event" jangida esa yana bir sportchimiz Jamoliddin Rahmonjonov va Qozog‘iston vakili Elaman Jetpisbay o‘ta engil vazn chempionligi uchun kurash olib borishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur oqshomda "Tayson" Jasurbek Jo‘raev, "Saturn" O‘gabek Abdumominov, Odilxon Kamolov va bir qator MMAchilarimiz ham o‘z janglarini o‘tkazadi.


Fikrlar