
Shohjahon Ergashev - Sabriel Matias jangi muddatidan oldin yakunlandi
AQShning Las-Vegasidagi "Michelob Ultra Arena"da k professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. Jang kechasining asosiy kardidan o‘rin olgan navbatdagi jangi yakunlandi.
Unda yurtdoshimiz Shohjahon Ergashev (23-1-0) IBF yo‘nalishi chempioni, Puerto-Riko vakili Sabriel Matias (20-1-0) bilan IBF chempionlik kamari uchun jang qildi.
12 raund etib belgilangan jang oltinchi raund avvalida muddatidan oldin yakunlandi va unda afsuski, Ergashev burchagi jangni davom ettirishni istamadi. Shu tariqa Ergashev faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar
Энди нима хам деймиз, ў#ироқ қўнғизга арпа уни бахона...