Shohjahon Ergashev IBF jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangini qabul qildi

  • 2 mart, 2023, 09:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning IBF tashkiloti super engil vazn toifasida (63,5 kg) jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangida ishtirok etish taklifi bilan Shohjahon Ergashev va britaniyalik Jek Keteralga xat yuborib, munosabat bildirish uchun chorshanbadan boshlab 3 kun muddat belgiladi. 
 
Shohjahon Ergashevning promouteri Dmitriy Salitaning Boxingscene.com saytiga ma’lum qilishicha, ular rozilik bildirgan va buni rasman tasdiqlagan. Barchasi Keteralga bog‘liq bo‘lib turibdi. 
 
Agarda u jangni olmasa, tashkilot keyingi nomzod sifatida avstraliyalik Liam Paro, Stiv Sparkga murojaat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
02/03/2023 21:57
Бор экани яхши янгилик. Шох N1