Shohjahon Ergashev yana ringga qaytadi

CHERY AUTO

O‘zbekistonning taniqli professional bokschilaridan biri Shohjahon Ergashev ayni paytda mashg‘ulotlarga zo‘r bergan. Tajribali charm qo‘lqop ustasi tez orada ringga qaytishni rejalashtirgan.

Tecno

- Mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Yanvar oyining oxiri yoki fevral oyi boshida jang qilamiz, - dedi 33 yoshli Shohjahon Ergashev. 

Ta’kidlash joizki, Shohjahon IBF jahon chempionligi kamari uchun da’vogarlik ham qilgan. 

U hozirgacha professional ringda jami 26 ta jang qilgan va shulardan 24 tasida g‘alaba (21 ta KO) va 2 tasida mag‘lubiyat qayd etilgan. Ergashev U so‘nggi jangini 2024 yilning iyul oyida amerikalik Julian Smitga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!