
Shohjahon Ergashevning 28 aprelda ringga chiqadi
Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Bu haqda Shohjahon Sports.uz muxbiriga xabar qildi.
“Va nihoyat navbatdagi jangimning sanasi aniq bo‘ldi. 28 aprel kuni Nyu Yorkda jang o‘tkazaman. Hozirda menga kim raqib bo‘lishini bilmayman. Biroq, tez kunda men bilan bahslashadigan bokschining nomi aniq bo‘ladi.
Men sovrinli musobaqda ishtirok etmoqdaman. Shu sababli ham, otam menga bu jangda hamrohlik qiladi. Nasib etsa, bu bellashuvda ham g‘alaba qozonaman”, - deydi Shohjahon.
Fikrlar