
Shohjahon Ergashevning jangi muddatidan oldin yakunlandi (video)
Super engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev biroz avval o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida Salita kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomi asosiy jangida unga meksikalik Anxel Hernandes raqiblik qildi. 10 raund etib belgilangan bahs 5-raundda raqibning bir necha bor nokdaun holatiga tushib, passiv himoyada bo‘lgani sabab referi tomonidan to‘xtatildi va unda hamyurtlarimiz muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, Ergashevning janglar statistikasi 23-0 (20 nokaut) ko‘rinish olgan bo‘lsa, Hernandesniki 14-2-1 (14 nokaut)ga o‘zgardi.
Fikrlar