
Shohjahon Ergashevning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum
2 iyul kuni Turkiyada "IBA Champions Night" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, ushbu kechada hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (25-2. 22 KO) ham ishtirok etib, armanistonlik Ovanes Bachkovga qarshi ringga ko‘tariladi. Bahs 8 raund etib belgilangan.
Shuningdek, yana bir charm qo‘lqop ustamiz Madiyar Saidrahimov ozarbayjonlik Ahmad Mustafaev bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar