Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi. Yangi raqib kimligi ma’lum

  • 06.12.2021 20:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

11 dekabr kuni Toshkent shahrida yana bir professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda Shohjahon Ergashev janubiy afrikalik Prins Dlomo bilan jang qilishi kerak edi. Ammo Afrika mamlakatlaridan O‘zbekistonga kirish reyslari to‘xtatilganligi sababli Dlomo etib kela olmaydigan bo‘ldi. Shunday qilib, o‘sha kuni Ergashev Tailand vakili Aekkaue Kaumane (23-13, 11 KO) bilan to‘qnash keladi.

photo_2021-12-06_20-11-32

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!