Shohjahon Xolmurodov Jahon chempionatida bronza medalini qo‘la kiritdi

Toshkent-2026 XV yoshlar Jahon chempionatining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi medalga ega chiqdi. Jamoamizning -45 kg vazn toifasidagi vakili Shohjahon Xolmurodov musobaqaning yarim final bosqichiga qadar yetib keldi.

Final yo‘lidagi jangda Shohjahonga taylandlik vakili Kanbusakorn Pichaysongkram raqiblik qildi. Shiddatli bahsda Tailand vakilining qo‘li baland keldi.

Shunday bo‘lsa-da, yosh sportchimiz Shohjahon Xolmurodov Toshkent mezbonligidagi dunyo birinchiligida terma jamoamizning uchinchi medaliga mualliflik qildi. Uchinchi kun yakuniga ko‘ra, hisobimizda 3 ta medal mavjud: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza.

Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!