Shohruh Gadoev yana "Bunyodkor"ga qaytdi
So‘nggi ikki mavsumni Janubiy Koreyada o‘tkazgan yarim himoyachi Shohruh Gadoev «Bunyodkor» a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
O‘zbekistondagi oxirgi klubi aynan «Bunyodkor» bo‘lgan Shohruh yana ushbu jamoa libosida to‘p suradi. Bugun Gadoev bilan bog‘liq hujjat ishlari rasmiylashtirildi. Umid qilamizki, Gadoev o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan «Bunyodkor»ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston transfer oynasi 5 avgust kuni yopiladi. «Bunyodkor»da esa yana yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda.
MA’LUMOT UChUN:
ShOHRUH GADOEV
Tug‘ilgan sanasi: 31.12.1991
Ampluasi: yarim himoyachi, vinger
Bo‘yi: 174sm. Vazni: 68kg
Futbolchilik faoliyati
«Nasaf» - 2012-2015 yillar
«Muharraq» (Bahrayn) – 2015-2016 yillar
«Bunyodkor» - 2016 yil
«Buxoro» - 2017 yil
«Bunyodkor» - 2017 yil
«Tejon Sitizen» (Janubiy Koreya) – 2018-2019 yillar
Fikrlar