Shohsanamxon Toshpo‘latova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 30 avgust, 2021, 07:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bundan biroz avval para suzishning S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi.

Tecno

Erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Firdavsbek Musabekov startga chiqdi. Afsuski, u 2:18.78 daqiqa natija bilan marraga 5-bo‘lib etib keldi va saralashdan o‘ta olmadi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa ikki nafar hamyurtimiz – Shohsanamxon Toshpo‘latova hamda Nigoraxon Mirzohidova ishtirok etdi. Shohsanamxon 2:30.42 daqiqa vaqt bilan marraga birinchi bo‘lib etib kelgan bo‘lsa, Nigoraxon 2:40.44 daqiqa vaqt bilan 5-o‘rinda keldi. Final bahslariga faqatgina Toshpo‘latova yo‘l oldi.

Ayollar o‘rtasida S13 klassida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:42 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!