Shomurodov, Husanov va Turg‘unboev yo‘q. Terma jamoamizning bugungi mashg‘ulotlaridan fotogalereya!
Bugundan Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi KXDR va Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bellashuvlar oldidan mashg‘ulotlarni boshladi.
"Jar" stadionida bo‘lib o‘tgan yig‘inning birinchi kunida legionerlarimiz Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov, Azizbek Turg‘unboevlar qatnashmadi. Ular kuni kecha o‘z klublari safida o‘ynagani sabab ertaga terma ixtiyoriga kelib qo‘shiladi. Jasur Yaxshiboev jarohati sababli mashg‘ulotlarda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi.
Quyida mashg‘ulotlardan fotogalereyani tomosha qiling!













































Fikrlar