Shomurodov avjida! “Roma”ning legioner bo‘yicha so‘nggi qarori qanday?

  • 28 avgust, 2024, 18:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yangi mavsumda yuqori o‘rinlar va Evropa Chempionlar ligasi uchun kurashishi talab etilayotgan “Roma” chempionatning dastlabki ikki o‘yinidayoq besh ochko yo‘qotib bo‘ldi.

Bosh murabbiy Daniele De Rossi qo‘l ostida jamoa g‘alabalarini Paulo Dibala, Matias Sule va Artyom Dovbiydan tarkib topgan hujum uchligi ta’minlashi kerak. Biroq poytaxtliklarning A Seriyaning yangi mavsumidagi birinchi va hozircha yagona goli kutilmagan futbolchi – “Roma” o‘z rejalariga kiritmagan Eldor Shomurodov urdi.

Italiya matbuoti bu gol Eldor Shomurodovning faoliyatiga o‘zgartirish kiritishi mumkinligini yozmoqda.

- “Empoli”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin “Roma” futbolchilari Trigoriyadagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida mashg‘ulotlarga qaytdi. Eng asosiysi, hozir alamli mag‘lubiyat ta’siridan tezroq qutilib, ham jismonan, ham ma’nan tiklanib olishga e’tibor qaratilmoqda.

“Yuventus” bilan bo‘ladigan uchrashuvdan keyin FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatlarda qisqa muddatli tanaffus e’lon qilinadi.

Daniele De Rossi shogirdlari Trigoriyada mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. “Bo‘rilar”ning birinchi golini urgan Eldor Shomurodov avjida. O‘zbek legioneri o‘zgacha ishtiyoq bilan shug‘ullanyapti va boshqalardan faolligi bilan ajralib turibdi. Darhaqiqat, gol urgan hujumchi uchun keyingi mashg‘ulotlar doimo yoqimli bo‘lishini yaxshi bilamiz, - deb yozmoqda “Roma” tayyorgarligini kuzatib borayotgan romaforever.it sayti eksperti Julio Benatti.

Eldorning mashg‘ulotlardagi faolligini quyidagi suratlardan bilib olish mumkin:

Yana bir nufuzli manba – giallorossi.net yozgi transfer oynasining yopilish kuni yaqinlashayotgani munosabati bilan “Roma”ning transfer siyosatiga e’tibor qaratdi.

- Temmi Abraxam Londonga qaytish arafasida. Klub “Vest Xem”ning 20 million evro va qo‘shimcha bonuslar kiritilgan taklifini qabul qilishga tayyor. Hujamchi “Empoli”ga qarshi bahsda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi.  Daniele De Rossi maydonga yangi hujumchini tushirish kerak bo‘lgan pallada Eldor Shomurodovni tanladi. Bu holat Temmi Abraxamning Rimdagi sarguzashtlari yakuniga etganidan darak beradi.

Temmi Abraxam Rim klubida Paulo Dibaladan keyin eng katta maosh olayotgan (yiliga 5 million evro) futbolchi hisoblanadi. Angliyalik charm to‘p ustasi “Vest Xem”ga o‘tsa, “Roma”ning maoshlar byudjeti engillaydi.

Daniele De Rossi o‘tgan o‘yinda Temmi Abraxamga yangi mavsumda undan umid qilmayotganini ochiq ko‘rsatib qo‘ydi. Klub bilan xayrlashishi kerak bo‘lgan futbolchilar orasidan faqatgina Eldor Shomurodov jamoada qolishiga imkon paydo bo‘ldi. Kutilmagan burilish.

“Empoli” bilan o‘yindan keyin Daniele De Rossi o‘zbek futbolchisi haqida juda yoqimli gaplar aytib, unga mana shunday o‘yinchilar kerakligini ta’kidladi va bosh murabbiyning so‘zlaridan keyin Shomurodovning Rimda qolishi ehtimoli oshib ketdi. Qolaversa, murabbiylar shtabi chap qanotda o‘ynay oladigan hujumchiga ehtiyoj sezayotgan edi. Shu bois, Shomurodov hech bo‘lmaganda zaxira hujumchisi sifatida tarkibda qolishi mumkin, - deb yozdi giallorossi.net portali.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ijara asosida “Kalyari”da o‘ynab kelgan Eldor Shomurodovga bir necha jamoalardan qiziqish bo‘lgandi. Xususan, “Kalyari” o‘zbek legionerini to‘liq transfer qilishga urindi, biroq rimliklar hujumchini sardiniyaliklar so‘ragan summaga bermadi.

A Seriyaning o‘zidan “Verona” va “Parma” forvard bo‘yicha transfer ma’lumotlarini so‘radi. Ammo ish transfergacha etib bormadi. AQSh chempionati vakili “Atlanta Yunayted” Shomurodovni olishga juda yaqin kelgandi. Tomonlar muzokarani yakunlagunicha Amerikada transfer oynasi yopilib qoldi.

Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Shomurodov “Roma”da qolgani ma’qulmi yoki boshqa jamoaga o‘tgani yaxshimi? Fikringizni izohda qoldiring...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abduraxmonov Zaxriddin
28/08/2024 11:01
давомий булган агар кетма кет 3 та уйинда узини курсатса борми.....
&
Abduraxmonov Zaxriddin
28/08/2024 11:01
давомий булган агар кетма кет 3 та уйинда узини курсатса борми.....
&
Po`lat Polvonov
28/08/2024 09:23
Элдор Итялянинг пастроқ клубларида уйнагани яхши Рома бир ўйинда яхши ўйнагани билан бошқа холатларда яхши бўлмаслиги мумкин пастки клублар қиммат хужимчи унчалик шошилишмайди Рома ўйин чиқмаса танқид қилиб сотишга харакат қилади.
&
Нодирбек Одилбек
28/08/2024 06:00
Элдорга омад ромада колиб асосий таркиб уйинчиси булсин
&
Abrorm
27/08/2024 22:44
Romada qolsin
&
Азизжон
27/08/2024 21:39
Колади ку́йларни ичига битта зу́р керак
&
Адхамжон Низомов
27/08/2024 21:21
Ромада аник колади.Россини ишончига кириб булди.Бу Россини гапларидан маьлум.