Shomurodov deyarli to‘liq o‘ynagan bahsda "Milan" "Jenoa"dan mag‘lub bo‘lishiga bir bahiya qoldi (video)

  • 17 dekabr, 2020, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 12-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenoa” o‘z maydonida chempionat peshqadami hisoblangan “Milan”ni qabul qildi.

Tecno

Genuyadagi o‘yin shiddatli va gollarga boy kechdi va 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Jenao”ning har ikki golini Mattia Destro (47', 60') kiritdi. “Milan” safida Davide Kalabriya (52') va Per Kalulu (83') gol urdi.

Eldor Shomurodov ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 85 daqiqa harakat qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!