Shomurodov: Erkak bo‘lish kerak...

  • 10 oktabr, 2023, 09:09
  • 2
  • Futbol

Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyati davomida uch yilda to‘rtta jamoa almashtirdi. “Jenoa”dagi yorqin faoliyatidan keyin “Roma” va “Spetsiya”da o‘zini kutilgan darajada ko‘rsata olmadi.

Mana endi “Kalyari”dagi faoliyati ham juda qiyin kechmoqda. Shomurodov sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, hali o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Klaudio Raneri o‘zi tashabbus ko‘rsatib, “Roma”dan ijaraga olingan o‘yinchiga imkon beryapti.

Shomurodov “Kalyari” hujumchilari orasida eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushgan o‘yinchi hisoblanadi. U hali birorta bahsni o‘tkazib yuborgan yo‘q.

gettyimages-1724537819-1024x1024

“Kalyari” faoliyatini yoritib borayotgan https://www.cagliarinews24.com sayti Eldor Shomurodovning Sardiniya klubidagi taassurotlarini futbol jamoatchiligiga etkazdi.

Dastlabki oylar...

Men o‘zimni juda qulay his qilyapman. Oilam ham Italiyadagi avvalgi davrimizga nisbatan boshqa hislarni tuyapti. Bu sarguzashtimiz avvalgilaridan aniq sabablar bilan farq qiladi. Mening o‘zimni ko‘rsatish va jamoaga yordam berish istagim juda katta. Men ko‘proq va yaxshiroq narsalar qilishim kerak ligini yaxshi bilaman. Jamoa bilan birgalikda o‘sishga va mavsum boshidagidan yaxshi natijalarga erishishga qodirmiz.

O‘sish bor

Eng avvalo, ahvolim haqida gapirsam, mavsumni boshida jismoniy taryyorgarlik bo‘yicha jamoadoshlarimga etib olishim uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. O‘zimning debyutimdan qoniqqanim yo‘q. Lekin so‘nggi o‘yinlardan bir nechtasida o‘zimni juda yaxshi his qildim, lekin bu ham etarli daraja emasligini anglab turibman. Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, biz erkak bo‘lib, bir jamoa sifatida harakat qilishimiz lozim.

Vaziyatlar

Turli uchrashuvlarda biz nimadir talab darajasida bajarmadik, bizga nimadir etishmadi. A seriyada o‘zingini tiklab olish uchun vaqt ham, imkoniyat ham yo‘q. Chunki raqiblar juda kuchli va ular xatolarni jazolashga tayyor turadi.

Hozir biz musobaqa jadvalida ortda qolib ketdik. Endi ko‘tarilishimiz talab etiladi. Maydonda mehnat qilib, ter to‘ksak natija o‘zidan o‘zi keladi.

Klaudio Raneri

Ustozimiz bizga juda katta energiya beradi. Bundan murabbiy bilan ishlash sharafiga ega bo‘layotganimdan faxrlanaman. Biz unga ergashishimiz lozim,  Raneri bundan vaziyatlarda qanday yo‘l tutish va nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi.

Klaudio Raneri Italiya va xorijdagi murabbiylik faoliyatida yuqori o‘rinlar uchun kurashish barobarida xavfli hududdagi jamoalarni ham boshqargan.

Murabbiyimiz aytganidek, hozir harakat qiladigan, ishlaydigan va kam gapirib, mana shu libos uchun borimizni beradigan payt.

363356988_830894138397941_1529027445395166799_n

Musobaqa jadvalida ikki ochko bilan so‘nggi pog‘onaga tushib qolgan "Kalyari" futbolchilari A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 22 oktyabr kuni "Salernitana" jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi. 

Ekspertlar Fayzullaevga qanday baho beryapti?

Tezkor: Husanov muxlislariga “Lans”dan xushxabar

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
10/10/2023 20:32
Элдор санга ман ёрдам беришим мумкин.тел.қил.
Джураев Уктам
10/10/2023 12:23
"Спартак" га чақирганида бориш керак эди.