
Shomurodov jamoada qolishi kerak! - "Roma" muxlislari legionerimizni qo‘llab-quvvatlamoqda
A Seriyaning 22-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Roma" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda rimliklar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlab, 38-daqiqada mezbonlar futbolchisi Lukka hisobni ochgan bo‘lsa, 50-64-daqiqalarda "Roma" penaltilardan Pellegrini va Dovbik unumli foydalangan holda g‘alabani ilib ketdi.
Bellashuvdan so‘ng, "Roma"ning Instagram sahifasidagi "Udineze" mag‘lub etilgani haqidagi natija postining izohlarida klubning ko‘plab muxlislari Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Muxlislar futbolchining bugungi bahsni butunlay o‘zgartirib yuborgani va jamoaning g‘alabasi uchun asosiy sababchilardan biri ekanligi haqida yozishmoqda.
Izohlarda muxlislar:
- "Bugun maydonda 11 ta Shomurodov bo‘lganida edi. U o‘yinni o‘zgartirdi..."
- "Ishonamanki Shomurodov mavsum yakuniga qadar jamoada qoladi. U qiyin vaziyatlarda katta sahnaga chiqa oladi"
- "Shomurodov maydondagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi"
- deya o‘z fikrlarini qoldirishmoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq Eldor Shomurodovning "Roma"ni tark etishi va "Venetsiya" klubiga qo‘shilishi haqida xabarlar tarqalgan edi
Fikrlar