Shomurodov jamoasiga penaltidan ikkita gol kiritgan Ronaldu to‘purarlar ro‘yxatida Zlatanga etib oldi

  • 14 dekabr, 2020, 06:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionati 11-turida "Jenoa" darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi.

Tecno

Portugaliyalik forvard so‘nggi ikki o‘yinda to‘rtta 11 metrli jarima to‘pini aniq amalga oshirdi. U Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" darvozasiga belgilangan ikkita penaltini ham aniq amalga oshirgan edi

Ronaldu Italiya chempionatda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta golni raqiblar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Endi A Seriyada to‘purarlar reytingida portugaliyalik futbolchi "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan birinchi o‘rinni bo‘lib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!