Shomurodov jamoasiga yangi yulduz keladi
Ilgari qator grand klublar nishonida bo‘lgan Adem Lyayich yangi mavsumni Eldor Shomurodov bilan birga “Jenoa”da boshlashi mumkie.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda “Beshiktosh” o‘yinchisi hisoblangan serbiyalik yarim himoyachining turklar bilan kelishuvi kelasi yili yakunlanadi va shuning uchun uning agentlari Genuya jamoasiga Lyayichni olishni taklif qilmoqda.
Avvalroq, bu futbolchiga Moskvaning TsSKA klubi qiziqish bildirgandi. “Beshiktosh” 29 yoshli yarim himoyachi uchun 7,5 million evro talab qilmoqda.
Lyayich yakunlangan mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli pas oshirdi.
Fikrlar