Shomurodov mashg‘ulotlarga kirishdi. Raqib chempionlik uchun da’vogar (foto)

  • 17 aprel, 2021, 12:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi elitada qolish uchun kurash olib bormoqda. Navbatdagi o‘yinda ularni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi.

Tecno

Italiya A Seriyasi 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvni genuyaliklar mehmonda o‘tkazadi. Chempionlik uchun da’vogarlar qatorida e’tirof etilayotgan "Milan" mazkur bahsda favorit maqomida deyish mumkin.

Kuchli raqibga qarshi bellashuv jiddiy tayyorgarlik talab etadi. Hamyurtimiz ham ushbu to‘qnashuv uchun mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Jamoa matbuot xizmati ushbu jarayondan fotosuratlarni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" - "Jenoa" o‘yini 18 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da start oladi. Jamoalarning so‘nggi qarama-qarshiligida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgandi.

20210417_123225

20210417_122602

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!